Xitoy netbugi…Apple

chinese-netbook-apple

Hali Apple kompaniyasi o’zining netbugini ishlab chiqarishni o’ylab turgan bir vaqtda, uddaburon xitoyliklar allaqachon oq rangdagi korpus, “bir tomoni tishlangan olma” tasvirli logotip va dizayni xuddi Apple mahsulotlarinikidaqa bo’lgan Apple WF188 rusumli xitoy netbugini ishlab chiqarishdi.

“Soxta” netbukda 1024 x 576 piksel o’lchamli 10 dyumli monitor, 1,3 GHz.li Via Nano protsessori, 2 Gb.gacha operativ xotira, 16, 32, 64 Gb.li SSD yoki 40 Gb.dan 160 Gb.gacha HDD qattiq xotira, SD, SDHC va MMC xotira kartalari uchun slot, Wi-Fi 802.11 b/g yoki BlueTooth moduli, 3G HSDPA yoki CDMA EVDO modemi o’rnatilgan.

Qiziqarli tomoni, Apple WF188 da eng yangi rusumdagi Via VX855 chipseti o’rnatilgan bo’lib, Full HD, keng tarqalgan kodeklar (MPEG-2/4, DivX va WMV9), 3-o’lchamli grafika va 8 kanalli ovozni bemalol qo’llab-quvvatlaydi.

Operatsion tizim sifatida Windows XP yoki Linux OTlari taqdim etiladi. Narxi borasida hali aniq ma’lumotlar e’lon qilinmagan.

via (c) & (c) & (c)

Dell Studio One

dell-studio-one

12 mart kuni KunChiqar mamlakatida Dell kompaniyasi tomondan o’zining yangi mahsuloti – Studio One shaxsiy kompyuter yig’masini taqdim etdi. Gadgetwise (NYT) blogida ta’kidlanishicha: “Dell kompaniyasi shu vaqtgacha ishlab chiqargan shaxsiy kompyuterlar ichida eng chiroylilaridan biri” hisoblangan Studio One nomli kompyuter yig’masi 5 xil rangda: oppoq, qizil, ko’k, pushti va qora ranglarida taklif etilmoqda.

$699 ga 19″ dyumlik sensorli monitori bilangina emas, balki yana maxsus dastur ham taqdim etilganki, bu dastur barchani e’tiborini tortmasdan qolmasa kerak. Mazkur dastur ko’p ishlatiladigan resurslar va dasturlarga bir barmoq tekkizish (touch) bilan kirish, barmoq bilan chizish (nomi juda oddiy – YouPaint) va… (suratkashlar va dizaynerlar gapni oxirgacha o’qishmasin) …suratlarni bir barmoq bilan tahrirlash imkonini beradi.

Studio One to’plamida quyidagicha xususiyatli qurilmalar mavjud:

  • 160 Gb qattiq disk (uni osongina 750 Gbga almashtirsa bo’ladi);
  • 2,2 GGhz.li Intel Celeron 450 (Core 2 Quad Q8200 (2,33 GGhz) xususiyatli tanlovi ham bor);
  • CD\DVD-qurilma, talablarga binoan Blu-Ray qurilmasi ham taqdim etilishi mumkin;
  • Lekin WiFi qurilmasi yuqligi, mazkur shaxsiy kompyuter yig’masining 2009 yildagi kompyuterlarga qo’yiladigan talablarning shu tomoniga e’tibor bermagani bilinib turibdi.

via Gadgetwise

Ultimate 5-in-1 Geek Pen

b23c_ultimate_5in1_geek_pen_anim

5 xil imkoniyat 1 ta ruchkada jamlangan bo’lib, ular quyidagilardir:

  • Ruchka
  • Stilus (sensorli ekranlarga tayoqcha sifatida ishlatiladigan)
  • Chiroqcha (qorong’ida yozish imkoniyatini beradi)
  • Ultra qizil nurli chiroqcha
  • Lazer nurli chiroqcha

Narxi 10$ bo’lgan mazkur qurilma haqiqiy geekerlar uchun qiziqarli hisoblansa kerak.

via ThinkGeek.com

Android G2: HTC Magic

htc-magic-android-g2

MWC 2009 konferensiyasida HTC kompaniyasi tomonidan Google kompaniyasining mahsuloti – Android G2 operatsion tizimli HTC Magic rusumli smartfonini taqdim etildi.

Mazkur smartfonning xususiyatlari quyidagicha:

Davomi

Sensorli ikki monitorli noutbuk

double-sensor-display

O’tgan yili iyul oylarida ikki monitorli noutbuk ishlab chiqarish haqida ilk tasavvur va g’oyalar yuzaga chiqqan edi. Mana 6 oy o’tib, bu tasavvur va g’oyalar reallikka kuchishni boshladi. V12 Design studiyasi mazkur ikki displeyli noutbukni Canova nomi ostida Estari kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Maqolaning davomidagi rasmlarda mazkur qurilmaning imkoniyatlaridan voqif bo’lishingiz mumkin.

Davomi

Touch Diamond 2

htc-touch-diamond2-lg

Kuni kecha Barselona shahrida o’tgan MWC 2009 konferensiyasida HTC kompaniyasidan Touch Diamond 2 rusumli kommunikator taqdim etildi. Mazkur qurilma 480х800 o’lchamli 3,6 dyumli sensorli displey (sezgir ekran), 528 MGz.li Qualcomm protsessori, 512 Mb.li ichki xotira, 128microSD Mb.li operativ xotira, shaklidagi tashqi xotira uchun joy va 5 megapikselli kamera bilan jihozlangan bo’lib, operatsion tizim sifatida Windows Mobile o’rnatilgan.

Mazkur smartfon sotuvga joriy yilning ikkinchi chorakligida chiqarilishi rejalashtirilgan.

via electronista

Dell Latitude XT2 sotuvda

dell-latitude-xt2

Dell kompaniyasi o’zining hozirgi raqobat bozorida har qanday laptop hamda planshet(yozuv taxtasi)lar bilan bellasha oladigan Latitude XT2 modelini e’lon qilgan edi va bugundan dunyo bozorlarida sotuvga chiqarildi. Boshlang’ich narxi $2399. Mazkur qurilmaning xususiyatlariga kelsak, 12.1 dyumli sezgir (multitouch) ekran, 11 soat quvvatga ega 6 uyali batareyka, DDR3ni qo’llab-quvvatlaydigan operativ xotira va Intel® CoreTM 2 Duo ULV processor SU9300 (1.20GHz yoki 1.40GHz) protsessoriga ega. Laptopning ekrani 360 gradusga buriladi. Operatsion tizim sifatida Windows Vistaning 5 xil turini tanlashingiz mumkin. 5Gbgacha DDR3 operativ xotira, qattiq xotira sifatida 80GB/120GB 5400RPM SATA HDD, 64GB Ultra Performance SSD yoki 64GB/128GB Mobility SSDlarni tanlashingiz mumkin. Albatta boshqa laptoplarda bo’lgani kabi, mazkur XT2 modeli WiFi (802.11 a/g/n), bluetooth, Gigabit Ethernet (10/100/1000), 8X DVD+/-RW, 1394 va 2 ta USB 2.0 portlaridan iborat. Laptopning og’irligi 1.72 kg (batareykasi bilan).

Davomi

HPdan netbuklar uchun Ubuntu

hp-mi-home-screen

Hewlett-Packard kompaniyasi netbuklar uchun Ubuntu Linux OTning maxsus versiyasini ishlab chiqdi. To’g'rirog’i o’zining HP Mini 1000 Mi Edition netbuk modeliga moslab ishlab chiqardi. HP kompaniyasi mazkur OT versiyasini Ubuntu 8.04 Hardy Heron yadrosi asosida yig’gan bo’lib, odatiy Ubuntu OTning barcha standart dasturlarini, shu jumladan, OpenOffice.org, Firefox, Thunderbird, Sunbird va Pidgin dasturlarini qo’llab-quvvatlaydi.

Odatiy Ubuntudan farqli ravishda, Mi Edition versiyasi o’zining grafik ko’rinishi bilan alohida ajralib turadi. Tizim yuklangandan keyin, dasturlar yorliqlari va internetdan qidirishga moslashgan qatordan iborat o’ziga xos ish stoliga o’tadi. “Start New Program”, ya’ni “Yangi dasturni ishga tushirish” tugmasini bosganingizdan so’ng, operatsion tizimga o’rnatilgan dasturlar ro’yxati chiqadi. Siz kerakli dasturni tanlab ishlatishingiz mumkin.

Davomi

Brauzerlar: IE brauzerining ulushi kamaymoqda

browser-stats

Eng mashhur va eng ko’p foydalaniladigan Microsoft kompaniyasining mahsuloti hisoblanmish Internet Explorer (IE)ning brauzerlar bozorida ulushi kamayib bormoqda. Net Applications statistika xizmati 2009 yil yanvar oyi uchun brauzerlarning ulushi statistikasini e’lon qildi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, IE brauzeri ulushi 67,55%ga tushgan. O’z navbatida esa Firefox, Safari va Chrome brauzerlari mos ravishda 21,53%, 8,9% va 1,12%gacha o’sgan. Oxirgi ikki yilda IE brauzerlar bozorida 10% ulushini yuqotgan.

via Habrahabr

MacBook Mini: netbukka yangicha qarash

apple-macbook-mini

Yapon dizayneri Isamu Sanada Apple kompaniyasiga o’zining yangi netbuk dizaynini taqdim qildi. Mazkur qurilma chizmalariga ko’ra, to’liq QWERTY tugmalaridan iborat klaviatura, 10 dyumli LED-ekran va sichqoncha vazifasini bajaruvchi touchpad panel esa bukiluvchan bo’ladi. Bu albatta, yangi modelni yanada ixchamlashtiradi. Lekin CD/DVD o’qiydigan qurilma yuqligi uning kamchiligi hisoblansada, mazkur netbukning ichki xotirasi hajmining kattaligi bu aybini “yuvib ketishligi” ta’kidlanmoqda.

Mazkur yangi netbuk loyihasi qanchalik Apple kompaniyasi siyosatiga mos keladi, buni vaqt ko’rsatadi.

Davomi